» » Valverdening “Barselona”si Xosep Gvardiola o‘rnatgan rekordlarni yangilay boshladi: mag‘lubiyatsiz 22 seriya!

Valverdening “Barselona”si Xosep Gvardiola o‘rnatgan rekordlarni yangilay boshladi: mag‘lubiyatsiz 22 seriya!


Kataloniyaning “Barselona” klubini Ispaniya La Ligasida mag‘lub etadigan jamoa mavsum boshidan buyon topilmayapti.

Erneste Valverde boshchilik qilayotgan klub 22-turni “Espanyol” maydonida o‘tkazib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi — 1:1. Bu esa jamoaga 2009/10-yilgi rekordni yangilash imkonini berdi. Gap shundaki, Xosep Gvardiola boshchilik qilgan o‘sha mavsumda kataloniyaliklar ketma-ket 21 ta turni mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan va 22-turga kelibgina “Atletiko”dan yengilgandi — 1:2.

Aynan mavsum boshidan buyon hisoblangan seriyada Ernesto Valverde boshchilik qilayotgan klub ilg‘orroq chiqib qoldi. Chunki jamoa 22-turda ham mag‘lub bo‘lmadi. Buyog‘iga “Barselona” mana shu rekordni davom ettirish imkoniyatiga ega. Kelasi turni jamoa 11-fevral kuni o‘z maydonida “Xetafe”ga qarshi o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют