» » Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilishi e’lon qilindi

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilishi e’lon qilindi


Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 2018-yil 11-aprelga navbatdan tashqari prezident saylovlarini belgiladi, deb yozadi “Interfaks” davlat rahbari saytiga tayanib.

Aliyev 5-fevral, dushanba kuni tegishli farmonni imzoladi. Markaziy saylov komissiyasiga navbatdan tashqari prezident saylovlarini o‘tkazishni Saylov kodeksiga muvofiq tashkillashtirish yuklatildi.

Navbatdagi prezident saylovlari Ozarbayjonda 2018-yil oktabrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Saylovning ko‘chirilishi sababi prezident farmonida keltirilmagan.

“Yangi Ozarbayjon” partiyasi ijroiya kotibi Ali Ahmedov o‘tgan hafta mamlakat prezidentligiga nomzod hukmron partiyadan amaldagi prezident Aliyev bo‘lishini aytgan edi.

Aliyev 2003-yilda Ozarbayjon prezidenti etib saylangan, keyinchalik 2008 va 2013-yillarda qayta saylangan edi.

2016-yil kuzida Ozarbayjon konstitutsiyasiya kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mamlakat prezidenti 7 yilga saylanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют