» » Nozimjon Sabirov Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Nozimjon Sabirov Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi


O‘zbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilingandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Ushbu lavozimga Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Nozimjon Sabirov tayinlandi. 

Nozimjon Sabirov 1964-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Andijon viloyat statistika va moliya boshqarmalarida rahbarlik qilgan. 2007—2012-yillarda esa Moliya vazirligi hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Prezident tomonidan Davlat moliyaviy nazoratining asosiy vazifasi etib zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlari asosida masofaviy nazoratni keng qo‘llash orqali byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish belgilangan. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют