» » Namanganda FHDYo organlari xodimlari tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni sayyor tartibda topshirmoqda

Namanganda FHDYo organlari xodimlari tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni sayyor tartibda topshirmoqda


Namangan viloyatdagi FHDYo bo‘limlari tomonidan joriy yilning 27-noyabr kunidan hozirgi kunga qadar viloyatdagi barcha tuman va shaharlardagi 635 ta MFYlarda davra suhbatlari o‘tkazildi va muammolar mavjud 1865 ta xonadonlarda tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat adliya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

6890 nafar fuqaro ishtirok etgan davra suhbatlari jarayonida, FHDYo bo‘limi xodimlari tomonidan oilaviy ajralishlarni oldini olish, uning huquqiy oqibatlari, uni bartaraf qilish, tug‘ilishi qayd qilinmagan bolalarni tug‘ilishini qayd qilish tartibi hamda huquqbuzarlik profilaktikasi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Mahallalarda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda 242 nafar oilaviy nizosi mavjud oilalar ishtirok etdi hamda ularni yarashtirish choralari ko‘rildi.

Namangan viloyatidagi FHDYo bo‘limlari tomonidan joylarga borib sayyor tartibda 705 ta fuqarolik holati dalolatnomalari qayd qilindi.

Xususan, Namangan shahar 1-sonli FHDYo bo‘limi mudiri N.Abitdinova tomonidan joriy yilning 2-fevral kuni uch nafar fuqaroning iltimosi bilan farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari sayyor ravishda Namangan shahridagi 2-sonli tug‘ruqxonaga borib topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют