» » Video: Intel tomonidan yaratilgan Vaunt “aqlli” ko‘zoynagi

Video: Intel tomonidan yaratilgan Vaunt “aqlli” ko‘zoynagi


The Verge nashri Intel tomonidan yaratilgan Vaunt “aqlli” ko‘zoynagini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi, deb yozmoqda TJournal. Ko‘zoynakning ishlab chiqarilishi 2018-yilga mo‘ljallangan.

Vaunt oddiy ko‘zoynak kabi ko‘rinishga ega, uning vazni 50 grammni tashkil qiladi. Ko‘zoynak linzadagi golografik aks qaytargich yordamida o‘ng ko‘zning shox pardasida 400 ga 150 pikselli tasvirni aks ettiradi.

Yaratuvchilarning ta’kidlashicha, ko‘zoynakda kam quvvatli lazerdan foydalanilgani sababli uning mazkur imkoniyati ko‘z uchun xavfsiz hisoblanadi.

Tasvir shox pardada aks ettiriladi, u har doim ko‘z fokusida turadi va har qanday linza bilan ishlaydi. Ko‘zoynakning ishiga uzoqni yoki yaqinni yaxshi ko‘ra olmaslik ta’sir qilmaydi.

Ko‘zoynak to‘g‘ri ishlashi uchun undan foydalanishdan oldin ko‘z qorachiqlarini o‘lchash zarur. Bu oddiy ko‘zoynak sotib olishdan oldin bo‘lgani kabi standart jarayon hisoblanadi. Tekshiruv ekranni foydalanuvchi ko‘rish maydonining qulay joyiga joylashtirish uchun zarur.

Ko‘zoynakka moslashish ko‘p vaqt talab qilmaydi. Uni taqqan holda bir vaqtning o‘zida suhbat qurish va ekranda biror narsani o‘qish mumkin. Ko‘zoynak Bluetooth orqali smartfonga bog‘lanadi va o‘zi uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plamini oladi. Bu dasturlar aynan qaysi ekanligi hozircha noma’lum. Uning omma foydalanishiga qachon chiqarilishi ham noma’lum qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 05:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют