» » Termizda uyida qamalib qolgan 13 yoshli bola qutqarildi

Termizda uyida qamalib qolgan 13 yoshli bola qutqarildi


Joriy yilning 4-fevral kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” qutqaruv xizmatiga Termiz shahrida yashovchi fuqaro S.B. tomonidan murojaat kelib tushdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Olingan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro S.B.ning uyining temir eshigi berkilib qolganligi, 13 yoshli bolasi uyda uxlab yotganligi, choy damlash uchun gazga suv qo‘yganligi va eshikni taqillatsa ham hech kim javob bermayotganligi sababli xavotir olayotganligi ma’lum bo’lgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan Yong‘in xavfsizligi xizmati va Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini jalb qilib, voqea joyiga o‘z vaqtida yetib bordi.

Qutqaruv guruhi tomonidan eshik ochilganda, konditsioner ulangan rozetka erishi natijasida uyning ichi tutun bilan to‘lganligi hamda u yerda o‘smir bola hushsiz yotganligi aniqlandi. Qutqaruvchilar bolani tezkorlik bilan tez tibbiy yordam xodimlariga olib chiqdi va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют