» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” Seuldan Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni amalga oshirdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Seuldan Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni amalga oshirdi


29-yanvar kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi koreyalik sayyohlar guruhini Seuldan Urganchga eltib qo‘ydi, deb yozadi UzDaily. Ular O‘zbekistonga uning tarixiy va madaniy merosi bilan tanishish uchun keldi.

Koreyalik sayyohlarning safari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi ko‘magida tashkillashtirildi. Ekskursiya chog‘ida mehmonlar Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi tarixiy yodgorliklarni ziyorat qildi.

Koreyalik mehmonlarning O‘zbekiston bo‘ylab ekskursiyasi 2-fevral kuni yakunlandi, ular milliy aviatashuvchining Toshkent—Seul reysi bilan uchib ketdi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” joriy yilda Seuldan O‘zbekistonning boshqa tarixiy shaharlariga ham yana shunday reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют