» » O‘zbekistonning yengil atletikachi qizlari Osiyo Chempionatidan 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan qaytib keldi

O‘zbekistonning yengil atletikachi qizlari Osiyo Chempionatidan 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan qaytib keldi


Eron mezbonlik qilgan usti yopiq inshootlardagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo Chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar Toshkentga qaytib keldi. 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga ega chiqqan sportchi qizlar Toshkent xalqaro aeroportida tantana bilan kutib olindi.

Uch kun davom etgan musobaqaning har bir kunida O‘zbekiston sportchilari 1 tadan medalni qo‘lga kiritgan. Birinchi kun Nadiya Dusanova balandlikka sakrash musobaqasida 187 santimetrlik natija ko‘rsatib, oltin medalga ega chiqdi.

Yadro uloqtirishda esa Yelena Smolyanova eng yaxshi natija ko‘rsatdi — 15,54 metr. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining oltinlari soni 2 taga yetdi.

Va nihoyat Osiyo Chempionatining uchinchi kunida Aleksandra Yurkevskaya kumush medalni qo‘lga kiritdi. Yengil atletikaning eng qiyin turi — ko‘pkurashda musobaqalarga kirishgan Aleksandra 3858 ochko jamg‘arishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют