» » O‘zbekistonda yangi maktab formasini sinovdan o‘tkazish boshlandi

O‘zbekistonda yangi maktab formasini sinovdan o‘tkazish boshlandi


O‘zbekistondagi 2 ta maktabda yangi maktab formasini sinovdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning so‘zlariga asoslanib, “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Mahalliy dizaynerlar tomonidan tayyorlangan 30 xildagi formalaridan boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarga mo‘ljallangan 4 tadan to‘plamlar tanlab olindi.

Qayd etilishicha, yagona maktab formasini joriy etish bo‘yicha sinov poytaxtning 91-sonli va Sirdaryo viloyatining 4-sonli maktabida o‘tkazilmoqda. Xalq ta’limi vaziri mahalliy dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan 30 xildagi o‘quvchilar formalaridan boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarga mo‘ljallangan 4 tadan to‘plamlar tanlab olinganligini aytib o‘tdi.

“Hozirda bu formalar har xil maktablarda amaliy sinovdan o‘tkazilmoqda va ota-onalar tomonidan maxsus nazoratga olingan”, — deyiladi xabarda.

“Sinovning shaffofligini ta’minlash maqsadida bir nechta to‘plamlar ikkita har xil maktablarda joriy etishga qaror qildik. Kiyimlar berilgan o‘quvchilarning ota-onalariga har hafta maxsus kartaga o‘z e’tirozlarini yozib borishligi so‘raldi. Ushbu forma bolalar uchun qanchalik qulayligi va chidamligini bilib olishimiz zarur. Kir yuvilgandan keyin kichraymaydimi, matosi sifatlimi, dazmollangandan keyin qanday bo‘lishi hamda boshqa holatlarga ham ota-onalar alohida e’tibor berishlarini so‘radik”, — deydi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv yili so‘ngida ushbu sinov yakunlanadi. Amalga oshirilgan ishlar natijasi bo‘yicha mutaxassislar qaysi forma yangi o‘quv yilidan maktablarga keng joriy etilishi aniqlanadi.

Kam ta’minlangan oilalar uchun maktab formasi narxini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni ham mavjud bo‘ladi. Ular 50 foizini boshidan qolganini o‘quv yili davomida to‘lashlari mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют