» » Rossiya harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi 

Rossiya harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi 


Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlar bosh shtabi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Ivan Buvalsev boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan, amalga oshirilgan tashrif davomida tegishli masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Rossiya harbiy delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘lib, kadrlar tayyorlash jarayoni, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, Ivan Buvalsevning Rossiya qurolli kuchlarining jangovar tajribasi haqida akademiyada ma’ruzasi tinglandi. Tadbir barcha harbiy okrug qo‘shinlariga onlayn tarzida uzatildi.

“Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘tgan yildan xorij davlatlari mudofaa idoralari bilan o‘zaro hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik doirasidagi chora-tadbirlar ko‘lami tobora kengayib, oliy harbiy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ko‘p yillik xizmat tajribasiga ega ofitserlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dolzarb yo‘nalishlardagi izlanishlar xorij tajribasiga tayangan holda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 17:04)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют