» » Qozog‘iston TIV: Suriya bo‘yicha Ostonadagi muzokaralar 20-fevralga rejalashtirilmoqda

Qozog‘iston TIV: Suriya bo‘yicha Ostonadagi muzokaralar 20-fevralga rejalashtirilmoqda


Ostonada Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro uchrashuvni o‘tkazish fevralning 20-sanalariga rejalashtirilgan. Bu haqda 6-fevral, seshanba kuni Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdurahmonov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Ostona jarayonining kafil mamlakatlari — Rossiya, Turkiya va Eron vakillaridan olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, tomonlar, avvalroq erishilgan kelishuvga muvofiq, Ostonada muzokaralarning navbatdagi raundiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Gap fevralning 20-sanalari haqida bormoqda, biroq ma’lumot kafil mamlakatlar tomonidan yakuniy tasdiqlanishini talab etadi”, — deydi Abdurahmonov.

2017-yilning dekabrida Qozog‘iston poytaxtida Suriya bo‘yicha sakkizinchi xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 1) ( 89) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...