» » To‘raqo‘rg‘onda innovatsion YPX avtomobili modeli o‘rnatildi

To‘raqo‘rg‘onda innovatsion YPX avtomobili modeli o‘rnatildi


Namangan viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining 65 kilometriga innovatsion g‘oya asosidagi yo‘l patrul xizmati avtomobili modeli o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Avtomashinaning old va orqa ko‘rinishlarini namoyish qiladigan modelning tungi vaqtda mayoqchalari yonadi. Bu harakat ishtirokchilarini ogohlikka chaqirib, belgilangan tezlikda harakatlanishlariga undashi kutilmoqda.

Hududdagi simyog‘ochlarning yoritish qismi va asoslariga diodli lampalar joylashtirilib, tungi vaqtda ham yetarli ko‘rinish darajasi ta’minlandi. Shuningdek, To‘raqo‘rg‘on tumani markazidagi piyodalar o‘tish joyiga ham ogohlantiruvchi mayoqcha o‘rnatildi.

Mazkur g‘oyani ommalashtirish va viloyatning boshqa hududlaridagi gavjum maskanlar, umumiy ovqatlanish shaxobchalari hamda savdo va xizmat ko‘rsatish markazlariga yaqin hududlarda joylashgan piyodalar o‘tish joylarini xuddi shu tartibda jihozlash maqsadida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют