» » Farg‘onaning Rishton, So‘x va Buvayda tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Farg‘onaning Rishton, So‘x va Buvayda tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi


Farg‘ona viloyatining Rishton, So‘x va Buvayda tumanlarida xalq deputatlari tuman kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligidagi manba “Daryo”ga ma’lum qildi.

Har uchala tumandagi yig‘ilishlarda tashkiliy masalalar ko‘rilib, hududlarga yangi hokimlar tayinlangan. Rishton, So‘x va Buvaydadagi bu yig‘ilishlarda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev ham qatnashgan.

Xabar berishlaricha, Rishton tumani hokimi G‘ayrat Mamadaliyev o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod qilingan. Uning o‘rniga shu vaqtgacha So‘x tumaniga rahbarlik qilib kelgan Tavakkal Rahimov Rishtonga hokim etib tayinlangan.

Farg‘ona viloyati IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasiga rahbarlik qilib kelayotgan Farrux O‘sarov esa So‘x tumaniga hokim etib tayinlangan.

Shuningdek, Alibek Tursunov viloyat hokimining o‘rinbosari etib tayinlangani munosabati bilan, Buvayda tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Bag‘dod tumani hokimi o‘rinbosari Behzod Ibragimov Buvaydaga hokim bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют