» » Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarga xavf tug‘diruvchi yangi botnet keng tarqaldi

Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarga xavf tug‘diruvchi yangi botnet keng tarqaldi


Mutaxassislar Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarga hujum qiluvchi yangi botnetni aniqladi, deb xabar berdi Bleeping Computer.

Botnet ochiq portlarni, jumladan, Android tizimining asosiy qismlaridan hisoblanuvchi va muhim fuksiyalarga kalit vazifasini o‘tovchi 5555 portini qidirishga qaratilgan. Qurilmaga kirib olgan zararli dastur uni Monero kriptovalyutasini topishga majbur qiladi.

QiHo 360 tashkiloti tadqiqotchilarining so‘zlariga ko‘ra, aniqlangan botnet Android’da ishlaydigan barcha qurilmalarga xavf tug‘diradi — smartfonlardan tortib aqlli texnikalarga qadar.

Hozirga qadar 7,4 mingga yaqin qurilmaga zarar yetgan bo‘lib, botnet hayratlanarli darajada o‘sishni davom etmoqda. Zararlangalarning aksariyati Xitoy (40 foizga yaqini) va Janubiy Koreyada (30 foiz).

ADB.miner nomini olgan zararli dastur 2016-yilda paydo bo‘lgan va dunyodagi eng katta hisoblangan Mirai botnetida ishlatilgan kodlarning qismlaridan foydalanadi. O‘shanda Mirai butun dunyodagi minglab qurilmalarga zarar yetkazgan va yirik saytlarni ishdan chiqargan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют