» » Toshkent IIBBga Yashnaboddagi maktab-internatda joylashtirilgan bomba haqida xabar berildi

Toshkent IIBBga Yashnaboddagi maktab-internatda joylashtirilgan bomba haqida xabar berildi


5-fevral kuni kechki payt Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi Lyudmila Kucherenko shu hududdagi aqli zaiflar maktab-internatida o‘qiyotgan o‘g‘li I.V.ni uyiga olib ketishga kelganida mast holda bo‘lgani uchun bunga ruxsat berilmadi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Shundan so‘ng ayol Toshkent shahar IIBBga qo‘ng‘iroq qilib, maktab-internat hududida bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan.

Voqea joyiga tuman IIB va huquqni himoya qiluvchi boshqa idora xodimlari yetib kelib, maktab-internat hududini tekshirganida portlovchi moddalar va shubhali buyumlar topilmadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yolg‘on xabar bergan Lyudmila Kucherenko ushlandi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют