» » Space X koinotga bortida Tesla avtomobili bo‘lgan eng og‘ir Falcon Heavy raketasini uchirdi

Space X koinotga bortida Tesla avtomobili bo‘lgan eng og‘ir Falcon Heavy raketasini uchirdi


6-fevral kuni Space X asoschisi Ilon Mask koinotga birinchi marta dunyodagi eng og‘ir eltuvchi raketa — Falcon Heavy’ni uchirdi, deb yozadi TJournal. Raketa bortiga tadbirkorning shaxsiy sportkari Tesla Roadster’ni joylashtirishdi.

Raketa muvaffaqiyatli uchdi, ikkita tezlashtiruvchi esa ajralib, Yerga qaytib keldi.

Falcon Heavy Toshkent vaqti bilan 7-fevral kuni 01:45 atrofida Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan Kennedi nomidagi markaz kosmodromidan start oldi.

Avtomobilning parvozini bir nechta kamera to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda tasvirga oldi. O‘z orbitasiga yetib borgach, Tesla koinotda mustaqil sayohat qilish uchun qoladi. Mashina Marsga borib tushmaydi, ammo vaqti-vaqti bilan goh unga, goh Yerga yaqin keladi.

Bu sinov parvozi bo‘lgani tufayli, Falcon Heavy missiyasi shunchaki namoyish uchun bo‘ldi: raketaning ish qobiluyatini tekshirish kerak edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют