» » Putin prezident saylovida qayerda ovoz berishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Putin prezident saylovida qayerda ovoz berishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-martdagi davlat rahbari saylovida Sevastopolda ovoz berishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Avvalgi federal saylovlarda Putin doim Moskvada ovoz bergan. Ammo 2017-yilda qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlardan so‘ng nafaqat ro‘yxatdan o‘tilgan joyda, balki vaqtinchalik bo‘lib turgan joyda ham ovoz berish mumkin bo‘ldi.

Prezident ma’muriyatiga yaqin manba ta’kidlashicha, Putin prezident saylovida Sevastopolda ovoz berishi mumkin. Shu bilan birga, boshqa manba davlat rahbari 18-mart kuni poytaxtni tark etishi amri mahol ekanligini qayd etmoqda.

“Ko‘rib chiqilayotgan ssenariy bo‘yicha Vladimir Putin gubernator vazifasini bajaruvchilardan biri saylanadigan hududda yoki saylovchilar kam sonda qatnashishi mumkin bo‘lgan hududda ovoz beradi”, — dedi manbalardan biri.

Rossiya prezidenti saylovlari 18-mart kuni birinchi marta Qrim va Sevastopolda bo‘lib o‘tadi. Yarim orol Rossiya tarkibiga kirgan sana ham 18-martdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют