» » Hindistonlik erkak o‘zini shifokor deb ko‘rsatib, o‘nlab bemorlarga OITV yuqtirdi

Hindistonlik erkak o‘zini shifokor deb ko‘rsatib, o‘nlab bemorlarga OITV yuqtirdi


Hindistondagi kichik qishloqchada Rajendra Yadav ismli erkak o‘zini shifokor deb ko‘rsatib, kamida 21 kishiga OITV (orttirilgan immunitet tanqisligi virusi, VICh) yuqtirdi, deb yozadi New York Post Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Hodisa Uttar-Pradesh shtatidagi qishloqlardan birida yuz bergan. Xususan, erkak iflos shprits va ignalardan foydalanib, o‘z bemorlarini shamollash, yo‘tal va diareyadan davolagan. Yadav qochib ketgan, ayni paytda u qidirilmoqda.

Nashr qayd etishicha, kasalxonalar va shifokorlar yetishmaydigan Hindistonda millionlab qashshoqlar o‘zini tibbiyot xodimi deb ko‘rsatgan yoki sal bo‘lsa-da davolashni biladigan odamlarga yordam so‘rab murojaat qiladi.

BMTning OITV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda 2,1 million nafar OITVga chalinganlar yashaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют