» » Toshkentning Mirobod tumanida mast holatda bosqinchilik qilgan fuqaro ozodlikdan mahrum etildi

Toshkentning Mirobod tumanida mast holatda bosqinchilik qilgan fuqaro ozodlikdan mahrum etildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumani sudida bosqinchilik, xavf ostida qoldirish, jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish bilan bog‘liq jinoiy ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2017-yil 1- oktabr kuni soat taxminan tungi 02:00 da S.K. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holatda, bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida Toshkent shahar, Mirobod tumani, 8-mart berk ko‘chasida jabrlanuvchi A.G.ning bosh va yuz qismlariga zarba berib, sudlanuvchilar D.R., Sh.S. va B.N.ning mazkur jinoyatning oldini olish uchun qilgan harakatlariga qaramay, jabrlanuvchini hushsiz holga keltiradi. Shundan so‘ng uning cho‘ntagida bo‘lgan 45 000 so‘m miqdoridagi pulni bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashirinadi.

Oradan taxminan 20 daqiqalar o‘tib, D.R. va Sh.S. voqea joyiga kelib, A.G. hushsiz yotganidan foydalanib, uning umumiy narxi 2 500 000 so‘m bo‘lgan ikkita uyali aloqa telefonini sim karta va fleshkasi bilan birga, yashirin ravishda talon-taroj qilish yo‘li bilan egallab, voqea joyidan yashiringan.

O‘z navbatida, sudlanuvchi D.R., Sh.S. va B.N. mazkur jinoyat haqida tegishli tartibda xabar bermay yoki jinoyatni yashirib, jabrlanuvchi A.G.ning sog‘ligi va hayotini xavf ostida qoldirib, unga yordam bermay voqea joyidan yashiringan.

Sud majlisida jinoyat ishi hujjatlari o‘rganib chiqildi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi guvohning ko‘rsatmalari eshitildi. Sudlanuvchilar qilgan jinoyatiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan qattiq pushaymonligini bildirdi, suddan yengillik berishni so‘radi.

Shuningdek, sudlanuvchilar D.R. va Sh.S. yashaydigan mahalladan faollar ishtirok etib, ularning adashganini, bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urgani, ularni bu yo‘ldan qaytarish, qayta tarbiyalash mumkinligi va buni mahalla faollari zimmasiga olishini bildirdi.

Sud hukmi bilan S.K. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (“Bosqinchilik”) 3-qismi “g” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish, D.R., Sh.S. va B.N.ga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют