» » Forish tumani hokimi yoshlarga 3 mingta kitob sovg‘a qildi

Forish tumani hokimi yoshlarga 3 mingta kitob sovg‘a qildi


Jizzax viloyati Forish tumani hokimi Abduvali Mustanov aholi, ayniqsa yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarda ishtirokchilarga kitob sovg‘a qilishni an’anaga aylantirdi, deb yozadi O‘zA.

Yanvar oyida o‘tkazilgan shunday uchrashuvlarda ishtirokchilarga hokim o‘z dastxati bilan 3 mingta kitob sovg‘a qildi.

“Sovg‘a uchun kitoblarni hokimning o‘zi shaxsan tanlaydi. Sovg‘a qilingan kitoblar orasida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, To‘ra Sulaymon, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Ernest Xeminguey, Paulo Koelo kabi o‘zbek va jahon mumtoz adabiyoti hamda zamonaviy milliy va xorijiy ijodkorlar asarlari bor”, — deyiladi xabarda.

Hozirgacha hokimning kitob sovg‘asiga 16 million so‘m sarflandi. Hokim har bir qishloq, mahallada kitobxonlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida barcha fuqarolar yig‘ini qoshida kutubxona tashkil etishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют