» » Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida Filip Jessop nomidagi tanlov bo‘lib o‘tadi

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida Filip Jessop nomidagi tanlov bo‘lib o‘tadi


Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida 8-fevral kuni Filip Jessop nomidagi tanlovning milliy raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda universitet “Daryo”ga ma’lum qildi.

Huquqshunoslik olamidagi eng mashhur tanlov O‘zbekistonda oxirgi 12 yilda ilk bor Toshkent yuridik OTMlari talabalari orasida o‘tkazilmoqda.

Filip Jessop nomidagi tanlov yuridik OTMlari talabalari uchun xalqaro huquq bo‘yicha eng yirik va nufuzli tanlovdir. Tanlov BMT Xalqaro sudida ishni ko‘rish modeli bo‘yicha, to‘liq ingliz tilida o‘tkaziladi. Ikki qism: memorandumlar yozish va og‘zaki raundlardan iborat. Mazkur tanlov yarim asrdan ortiq vaqtdan (1959-yildan) buyon o‘tkazib kelinmoqda. Bu yilgi tanlovda yuzdan ortiq mamlakat vakili bo‘lgan 700 dan ortiq universitet jamoalari ishtirok etadi.

O‘zbekistonda milliy raundlar 2002—2006-yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, unda 12 ta universitet qatnashgan edi. Bu yilgi milliy raundlarda uchta: Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoalari ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют