» » Surxondaryoda shunday o‘quvchi bor: U Alisher Navoiyning 700 ta g‘azalini yoddan biladi

Surxondaryoda shunday o‘quvchi bor: U Alisher Navoiyning 700 ta g‘azalini yoddan biladi


Kecha, 6-fevral kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengash raisi o‘rinbosari O‘tkir Shukurov Surxondaryo viloyatining Denov hamda Sariosiyo tumanidagi Yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi Markaziy kengash raisi Qahramon Quronboyev o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Yoshlar yetakchilarining faoliyati davomida uchrab turgan muammolar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

“Denov tumani respublikada birinchi o‘rinda bo‘lishi zarur. Buning uchun esa yetakchilar barcha yoshlar bilan do‘st bo‘lib olishlari kerak”, — dedi rais o‘rinbosari.

Shundan so‘ng, O‘tkir Shukurov qo‘shni tuman — Sariosiyoga yo‘l oldi. Tumandagi 1-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida tashrif buyurdi.

Maktab binosida tashkil etilgan Yoshlar kutubxonasida elektron doska mavjud bo‘lib, unda 1700 ga yaqin elektron va audio kitoblar hamda 8000 mingga yaqin badiiy va ilmiy asarlar mavjud va bu to‘liqligicha maktab o‘quvchilari ixtiyorida. Wi-Fi hudud ham o‘rnatilgan.

Haftaning har chorshanba kuni “Navoiy g‘azallarini o‘rganamiz” nomli tadbir tashkil etiladi. Bunday ishlar, albatta, o‘z samarasini ko‘rsatadi. Birgina sardorlar Kengashi a’zosi Qodirbek Ortiqov Navoiyning 700 ta g‘azalini yoddan bilishi ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют