» » Navoiy viloyati hokimi g‘azalxonlik tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritgan 8-sinf o‘quvchisiga Spark sovg‘a qildi

Navoiy viloyati hokimi g‘azalxonlik tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritgan 8-sinf o‘quvchisiga Spark sovg‘a qildi


Navoiy viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi II an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Xalqaro anjumanda Turkiya, Rossiya, Eron, Avg‘oniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Mo‘g‘iliston davlatlarining olimlari hamda o‘zbek аkademiklari Baxtiyor Nazarov, To‘ra Mirzayev, Naim Karimovlar hamda bir guruh adabiyotshunos olimlar qatnashdi.

Xalqaro anjuman doirasida g‘azalxonlik tanlovi tashkil etildi.

Ushbu tanlovda 100 dan ortiq viloyat yoshlari qatnashdi.

Karmana tumanidagi 4-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining viloyat sardorlar Kengashi sardori Ibrohim G‘afforov 1-o‘rinni ko‘lga kiritib, Navoiy viloyat hokimi Kobul Tursunov tomonidan Spark avtomashinasi bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют