» » Tanasidan ignalar topilgan 11 oylik chaqaloqning holati ijobiy tomonga o‘zgarmoqda

Tanasidan ignalar topilgan 11 oylik chaqaloqning holati ijobiy tomonga o‘zgarmoqda


Tanasidan ignalar topilgan 11 oylik Azizbek Abdumajidovning ahvoli barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Bu haqda Respublika Bolalar jarrohlik markazi bosh shifokori Habibulla Oqilov “Yoshlar” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

“Qon tahlili, siydik tahlili ko‘rsatkichlari, yaralarning bitishi, tana harorati ijobiy tomonga o‘zgardi.Bola ema boshladi, ichak tizimi yaxshi ishlab ketdi, qon bosimini bolaning o‘zi ushlab turibdi. Oldin bola koma, koma 1, koma 2 holatida baholangan bo‘lsa, hozir o‘ziga kelish arafasida. Ismini aytsangiz ko‘zini ochmoqda”, — deydi Habibulla Oqilov. 

Shifokorning aytishicha, bolaning tanasida yana 3 ta igna qolgan. Biroq sog‘liq uchun xavf tug‘diradigan joyda emasligi tufayli hozircha ularga tegilmaydi. Bola 5-6 yosh bo‘lganidan keyin ham olib tashlanishi mumkin.

“Bunday vaziyatlar oldin ham bo‘lgan. Hatto 22 ta igna yutgan bemor ham tibbiy elak yordamida, operatsiyasiz davolangan”, — dedi Habibulla Oqilov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют