» » Putin Rossiya Markaziy saylov komissiyasiga daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi

Putin Rossiya Markaziy saylov komissiyasiga daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6 yil davomida, 2011—2016-yillar mobaynida jami 38,5 million rubl daromad olgan. Bu haqdagi ma’lumotlarni Markaziy saylov komissiyasi e’lon qildi, deya xabar beradi “RBK”. 

Prezidentlik maoshi, banklardagi jamg‘armalar va harbiy pensiya mazkur daromadlarning manbai bo‘ldi. 

Putin MSKga Sankt-Peterburgda unga qarashli 77 kvadrat metr maydonga ega kvartira va 18 kvadrat metrli garaj borligini bildirdi.

Unga tegishli qimmatli qog‘ozlar va transport vositalari ro‘yxati o‘zgarmadi: “Sankt-Peterburg” bankining 230 dona aksiyasi, o‘tgan asrning 60-yillariga mansub ikki GAZ M21, 2009-yilda chiqarilgan VAZ 2121 va “Skif” tirkamasi. 

Putin tomonidan deklaratsiya qilingan hisob raqamlari soni 10 tadan 13 taga yetdi. Ulardagi umumiy qoldiq summasi 5,7 milliondan 13,8 million rublgacha ko‘paydi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют