» » O‘zbekiston va Tojikiston bosh prokuraturalari jinoyatchilikka qarshi kurashish va chegaradagi hamkorlik bo‘yicha bitim imzoladi

O‘zbekiston va Tojikiston bosh prokuraturalari jinoyatchilikka qarshi kurashish va chegaradagi hamkorlik bo‘yicha bitim imzoladi


O‘zbekiston Bosh prokurori O. Murodov tojikistonlik hamkasbi Yu. Rahmon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

Mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita rahbarligida amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimini isloh qilish, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Axborot-tahlil multimedia markazi, shuningdek, Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi hamda Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi.

Tojikiston Bosh prokurori Yu. Rahmon samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, bo‘lib o‘tgan muloqotdan mamnunligini, uchrashuv o‘zaro huquqiy munosabatlarning yanada rivojlanishi

va mustahkamlanishiga turtki bo‘lishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda chegara hududidagi prokuraturalarning o‘zaro hamkorligi masalalarida huquqiy yordam  va hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.

Bitimni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar haqida kelishuvlar belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют