» » Jurnalist va blogerlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hisobidan sayohat qilishi mumkin bo‘ldi

Jurnalist va blogerlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hisobidan sayohat qilishi mumkin bo‘ldi


Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi, deb yozadi Norma.

Unga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining markaziy apparati xodimlari soni bosqichma-bosqich: 2018-yil 10-fevraldan — 79 nafargacha, 2019-yil 1-yanvardan — 107 nafargacha ko‘paytiriladi.

Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri Turizmni rivojlantirish departamentlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tasarrufiga o‘tkazildi.

Qo‘mitaga o‘z huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jurnalistlar, blogerlar va suratga olish guruhlarini xorijga va O‘zbekiston hududlariga O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida reportajlar, videoroliklar tayyorlash, Qo‘mita delegatsiyalari va turizm kompaniyalari ishtirok etadigan ko‘rgazma, muzokara va boshqa shunday tadbirlarni yoritish uchun yuborish huquqi berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют