» » Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan metallfurush qo‘lga olindi

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan metallfurush qo‘lga olindi


O‘zbekistonning amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, rangli metall parchalari va chiqindilarining eksporti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki hukumatining qarori asosida amalga oshiriladi. Biroq tarkibida rangli metallar bo‘lgan mexanizm va agregatlar, rangli metall parchalarini yashirincha tayyorlash va uni talon-taroj qilish, mamlakat tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketish holatlari hamon uchramoqda, deb yozadi O‘zA.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar  bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadbirda viloyatning qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh Uchquduq tumani hududida “Uchquduq—Uzunquduq” yo‘nalishida harakatlanayotgan ikkita “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, birinchi avtomashina yukxonasida og‘irligi 6 270, ikkinchisida 8 580 kilogramm qora rangli metallsimon quvurlar borligi aniqlandi.

Olib borilgan surishtiruv davomida ushbu metallar fuqaro J.Sh.ga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ta’kidlash joizki, 2017-yilda Navoiy viloyati bojxona xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 12 qonunbuzarlik holatida qiymati 47 million so‘mlik 22 tonnaga yaqin qora va rangli metall parchalari va chiqindilari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют