» » Turizm sohasida biznes boshlayotgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Turizm sohasida biznes boshlayotgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi


7-fevral kuni poytaxtdagi Wyndham mehmonxonasida Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi press qahva shaklida bo‘lib o‘tdi. Sessiyada turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori batafsil muhokama qilindi.

Xususan, turizm sohasida biznes boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar soliq to‘lovlaridan ozod etilishi alohida qayd etildi.

Jumladan, tematik xiyobonlar xizmatlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar 3 yil muddatga – yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘i, shuningdek, yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod etiladi.

Tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini 2022-yilning 1-yanvariga qadar – belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga ko‘ra tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, texnika, xom ashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallarni olib kirish uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari);

Turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini 2022-yil 1-yanvarga qadar – O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan haydovchi bilan birgalikda 8 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan turizm toifasiga oid transport vositalari;

dor (osma) yo‘llarni, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, funikulyorlar va boshqa o‘xshash obyektlar va inshootlarni qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, aerostatlar (havo sharlari), motor qayiq va kvadrotsikllar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga ko‘ra bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turizm operatorlariga istisno tariqasida ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lgan olib kirilayotgan transport vositalariga avtotransport vositalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha alohida davlat raqami seriyasini tatbiq etgan holda va ulardan faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida foydalanish sharti bilan 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida boj to‘lovlarini to‘lashga ruxsat etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют