» » Tatariston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari uyidan o‘lik holda topildi

Tatariston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari uyidan o‘lik holda topildi


Tatariston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Yelena Shishmaryova uyidan o‘lik holda topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

U firibgarlik va vakolatlarini suiste’mol qilish yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha uy qamog‘ida bo‘lib turgandi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining respublikadagi boshqarmasi 1-fevral kuni vazirlik xodimlariga nisbatan o‘ta yirik miqdorda firibgarlik va vakolatlarini suiste’mol qilish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘agan, vazirlikda tintuvlar o‘tkazilgandi. Tergov doirasida Shishmaryova ham so‘roq qilinadi va keyinchalik gumonlanuvchi sifatida hibsga olinadi. Ikki kundan so‘ng sud uni uy qamog‘iga o‘tkazish haqida qaror chiqardi.

Tergovga ko‘ra, Shishmaryova dugonasi Yelena Faxrutdinova rahbarlik qilgan “Progress” malaka oshirish instituti ta’lim markazi manfaatlarini ilgari surib kelgan. Uning o‘zi sudda aybini butkul rad etgan, tergov bilan faol hamkorlik qilishi va barcha harakatlariga izoh berishini bildirgandi.

Ma’lumot uchun, Yelena Faxrutdinova ham uy qamog‘iga joylashtirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют