» » An-148 halokatidan so‘ng yetim qolgan bolalar soni ma’lum qilindi

An-148 halokatidan so‘ng yetim qolgan bolalar soni ma’lum qilindi


Rossiyaning Saratov viloyati FVV An-148 samolyoti halokatidan so‘ng yetim qolgan bolalar va bortda halok bo‘lgan 71 kishining oilalari bilan olib borilgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Rossiya Pensiya fondi Orenburg viloyati bo‘linmasi tomonidan to‘qqiz nafar halok bo‘lgan kishining qaramog‘idagi 15 kishiga hujjatlar rasmiylashtirilgan va nafaqalar tayinlangan. Ulardan 13 nafari bolalar, ikki nafari katta kishidir. Yana ikki bola uchun hujjatlar Moskva Pensiya fondi bo‘linmasida rasmiylashtirilmoqda.

FVVning ma’lum qilishicha, to‘rt nafar bola yashash uchun zarur sharoitlarni yaratishga muhtoj.

16-fevral kuni Orskda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan 31 ta oilada konsultatsiya-tushuntirish va psixologik ishlar o‘tkazilgan. 124 holatda mahalliy psixologlarning shoshilinch psixologik ko‘magi talab etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют