» » Toshkentda UNICEF va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan davra suhbati tashkil etildi

Toshkentda UNICEF va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan davra suhbati tashkil etildi


UNICEF va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi maqsadlariga erishishda ijtimoiy himoyaning ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Davra suhbati joriy ijtimoiy himoya tizimining kuchli va zaif tomonlarini va ijtimoiy jihatdan eng zaif aholi qatlamlarini ijtimoiy-iqtisodiy xatarlardan himoya qilish yo‘llarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda moliya, bandlik va mehnat munosabatlari, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi vazirliklari, bosh prokuratura, xotin-qizlar qo‘mitasi va Jahon banki vakillari ishtirok etdi.

“Kuchli ijtimoiy himoya tizimi aholining zaif guruhlarini himoya qilish va iqtisodiy o‘sishni yanada inklyuziv qilish uchun ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davrida juda muhimdir. Ijtimoiy himoya tizimi sog‘lom va samarali ishi kuchini rivojlantirishda, odamlarni ish izlashlarida, tahdidlarga tik qaray olishlarida va samarali faoliyatga investitsiyalar qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, iqtisodiy inqiroz davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishni rag'batlantirishga ko‘mak beradi”, — deydi UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.

“UNICEF tashkiloti O‘zbekiston hukumati bilan ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish, jumladan, ijtimoiy himoya tizimini baholash, kam ta’minlangan oilalarning farovonligini oshirish bo‘yicha qator yondashuvlar va kompleks monitoring axborot tizimini joriy etish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют