» » O‘zbekistonlik mutaxassislar Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekistonlik mutaxassislar Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan hamkorlik qiladi


Dunyoning nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirayotgani haqida maqola e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lumki, 2017-yilning dekabr oyida Toshkentga Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi bilan istiqboldagi ilmiy hamkorlik aloqalari muhokama qilingan, tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Nashrda yozilishicha, Farhan Nizomiy O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan qabul qilingan. Oksford islom tadqiqotlari markazining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonga tashrif davomida erishilgan kelishuvlar natijasida ikki mamlakat tadqiqotchilari tomonidan dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi, mutaxassislar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi, xalqaro seminar va konferensiyalar o‘tkaziladi, ilmiy adabiyotlar nashr etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют