» » O‘zbekistonda yanvar oyida qurilish-montaj ishlari hajmi kamaydi

O‘zbekistonda yanvar oyida qurilish-montaj ishlari hajmi kamaydi


O‘zbekistonda 2018-yilning yanvar oyida 1 trillion 966 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 foizga kamaydi. Davlat statistika qo‘mitasi hisobotidagi ko‘rsatkichlar shundan guvohlik bermoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Navoiy viloyatida “Amudaryo-Zarafshon” suv quvuri uchinchi liniyasi nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish, “Ko‘kpatas” va “Daugiztau” konlarini qazib olish texnologiyasini takomillashtirish evaziga respublika bo‘yicha qurilish hajmining eng yuqori darajasi mazkur viloyatda qayd etilgan bo‘lsa, keyingi o‘rinni ko‘prik va metro liniyalari, temir yo‘l halqasi bunyod etilishi, Toshkent pedagogika institutining rekonstruksiya qilinishi hisobidan Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.

Qurilish ishlari 2018-yilning dastlabki oyida, shuningdek, Namangan viloyatida ham yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilgan. Bunga asosan Chust va Uychi tumanlarida ko‘prik qurilishi, Norin daryosi hududida avtomobil yo‘llarini kapital ta’mirlash va ko‘prik qurilishi evaziga erishilgan.

Shu bilan birga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qurilish ishlari hajmining kamayishi Buxoro viloyatida (95,3 foiz yoki 170,1 milliard so‘m), Xorazm viloyatida (96,1 foiz yoki 82,0 milliard so‘m) qayd etildi.

Respublikada amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmidagi ulushi bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlar Sirdaryo (1,9 foiz), Jizzax (4,2 foiz) va Xorazm (4,2 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют