» » Yandex haydovchisiz taksining qorli Moskva ko‘chalarida o‘tkazilgan sinovini namoyish etdi (video)

Yandex haydovchisiz taksining qorli Moskva ko‘chalarida o‘tkazilgan sinovini namoyish etdi (video)


Yandex Taxi 16-fevralda o‘zining haydovchisiz avtomobillari sinovini namoyish etdi. Sinovlar Moskvaning serqatnov ko‘chalarida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Videoda ko‘rinadiki, mashina svetofor chirog‘ini, u haydovchiga ko‘rinmagan holatda ham, ko‘ra oladi. Shuningdek, avtomobil tezlikni tushirmagan holda yo‘l bo‘ylab ketayotgan yo‘lovchilarni chetlab o‘ta oladi, keng va tor yo‘llarda turli tezlikda harakatlana oladi. Shu bilan birga, mashina o‘ng tomondan paydo bo‘lgan to‘siqni o‘tkazib yuborish kerak bo‘lganda, uni tez payqaydi.

E’lon qilingan video to‘rt marta tezlashtirilgan, shuning uchun mashina tez harakatlanayotgandek taassurot qoldiradi. BIroq spidometrda ko‘rinadiki, uning bir qatorli yo‘ldagi tezligi 25 km/soat, ikki qatorlida esa 33 km/soatni tashkil qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют