» » Navoiyshunos olim, akademik Aziz Qayumov 93 yoshida olamdan o‘tdi

Navoiyshunos olim, akademik Aziz Qayumov 93 yoshida olamdan o‘tdi


Atoqli olim, navoiyshunoslik ilmining yetuk namoyondalaridan biri, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori Azizxon Qayumov 93 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi O‘zA.

Azizxon Qayumov – 1926-yil Qo‘qon shahrida dunyoga kelgan.

1949-yil O‘rta Osiyo davlat Universitetining Sharq fakultetini tugatgan. 1949-yildan boshlab Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish institutida kichik ilmiy xodim, Sharqshunoslik institutida ilmiy kotib, Til va adabiyot institutida direktor lavozimlarida ishladi. 1954-yilda fan nomzodi, 1961-yilda esa doktorlik dissertatsiyalarini o‘zbek adabiyoti tarixi mavzulari asosida himoya qildi.

1961—1979-yillar orasida ilmiy faoliyatni turli davlat idoralarida mas’ul lavozimlarda ishlash bilan birga amalga oshirgan. 1979—1998-yillarda Qo‘lyozmalar instituti direktori lavozimida, 1998-yildan to shu kunga qadar Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida yetakchi ilmiy xodim bo‘lib ishlab kelmoqda.

Aziz Qayumov 1989-yil O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi, 199- yil esa akademigi bo‘ldi. 1983-yil “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” hamda Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Aziz Qayumov rahbarligida ko‘plab fan nomzodlari va fan doktorlari yetishib chiqqan bo‘lib, ular hozirgi kunda respublikaning ilmiy hayotida o‘zlarining munosib o‘rinlarini egallab kelmoqda.

Aziz Qayumovning xizmatlari davlat tomonidan yuksak baholanib, “El-yurt hurmati” (2003), “O‘zbekiston belgisi” (1995), “Shuhrat” medali (1995) “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (2014) kabi mukofotlar bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Akademik joriy yilning yanvarida Toshkent hokimiga ochiq xat yozib, Davlat adabiyot muzeyining xususiylashtirib berib yuborilgan qismini yana muzeyga qaytarishni so‘ragan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют