WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Rossiya Oliy sudi Putinning prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinishini noqonuniy deb topishdan bosh tortdi
Rossiya Oliy sudi Putinning prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinishini noqonuniy deb topishdan bosh tortdi
Rossiya Oliy sudi Vladimir Putinning prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinishini noqonuniy deb topishdan bosh tortdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Sud shu tariqa Putinni nomzod sifatida ro‘yxatga olgan Rossiya markaziy saylov komissiyasi harakatlarida qonun buzilishlarini qayd etmadi. Shuningdek, amaldagi davlat rahbari nomzodi ilgari surilishi konstitutsiyaga zid emas deb topdi.
Oldinroq Rossiya prezidentligiga nomzodlardan biri, teleboshlovchi Kseniya Sobchak sudga shikoyat berib, Putin prezidentlik lavozimini uch muddat egallagani sababli saylovlarda ishtirok etishga haqqi yo‘qligini bildirgandi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?
КТО НА САЙТЕ?
(
3)
(
0)
(
2)
(
1)





- отсутствуют
