» » Bugun “Barselona”ni qiyin o‘yin kutib turibdi. “Real” ertaga o‘ynaydi. Futbol-TV La Ligadan 6 ta o‘yin ko‘rsatadi

Bugun “Barselona”ni qiyin o‘yin kutib turibdi. “Real” ertaga o‘ynaydi. Futbol-TV La Ligadan 6 ta o‘yin ko‘rsatadi


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 24-tur bellashuvlari kecha — 16-fevral oqshomida start olgan bo‘lib, u debyunt klub “Jirona”ning yirik g‘alabasi bilan yodda qoldi.

Bugun peshqadam “Barselona”ni “Eybar” maydonida oson bo‘lmagan o‘yin kutib turibdi. Turnir jadvalida yettinchi bo‘lib turgan eybarlik futbolchilar o‘z maydonida “Valensiya”ni 2:1, “Sevilya”ni 5:1 hisobida taslim qila olgandi.

Madridning “Real” klubi esa ertaga “Betis” maydonida saf tortadi. Mazkur turning markaziy o‘yinida “Atletiko” o‘z maydonida “Atletik” klubiga qarshi to‘p suradi.

Ispaniya La Ligasi

24-tur bellashuvlari

16-fevral, juma

Gollar: Kristian Stuani, 23-pen (1:0). Portu, 36 (2:0). Xuanpe, 85 (3:0).

17-fevral, shanba

“Las-Palmas” — “Sevilya” 17:00 Futbol-TV

“Eybar” — “Barselona” 20:15 Futbol-TV

“Alaves” — “Deportivo” 22:30

“Malaga” — “Valensiya” 00:45 Futbol-TV

18-fevral, yakshanba

“Real Sosyedad” — “Levante” 16:00

“Atletiko” — “Atletik” 20:15 Futbol-TV

“Espanyol” — “Vilyarreal” 22:30 Futbol-TV

“Betis” — “Real Madrid” 00:45 UzReport

19-fevral, dushanba

“Xetafe” — “Selta” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют