» » 1 ta o‘yin, 1 ta gol va jarohat. “Lokomotiv”ning braziliyalik legioneri Nivaldo “Zob Ohan”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi

1 ta o‘yin, 1 ta gol va jarohat. “Lokomotiv”ning braziliyalik legioneri Nivaldo “Zob Ohan”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi


Toshkentning “Lokomotiv” klubi 19-fevral kuni Eronda “Zob Ohan”ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasidagi bellashuvda “Lokomotiv”ga braziliyalik Nivaldo yordam bera olmaydigan bo‘ldi. Klub shifokori Abror Pirriyevning ma’lum qilishicha, Nivaldo “Al-Vahda” klubiga qarshi o‘yinda oyoq paylarini cho‘zib olgan va 2 haftaga safdan chiqqan.

“Al-Vahda”ga qarshi bellashuv “temiryo‘lchilar”ning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan bo‘lib, Nivaldo 36-daqiqada jarohat olib maydonni tark etgandi. Bungacha u 25-daqiqada yangi klubi safidagi debyut golini urishga erishgandi.

“Zob Ohan” esa dastlabki turni Qatarda “Al-Duhayl”ga qarshi o‘tkazib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют