» » Rossiyada og‘irligi 300 kilogramm bo‘lgan dron ishlab chiqariladi

Rossiyada og‘irligi 300 kilogramm bo‘lgan dron ishlab chiqariladi


“Rossiya vertolyotlari” xoldingi og‘irligi 300 kilogramm bo‘lgan va 70 kilogrammgacha yukni tashishga qodir uchuvchisiz boshqariladigan vertolyotni yaratmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Ta’kidlanishicha, kompleks tadqiqotlar o‘tkazib bo‘lingan va uchuvchisiz boshqariladigan yangi vertolyotning tashqi ko‘rinishi borasida bir to‘xtamga kelingan.

Vertolyotning nusxasi va mobil boshqaruv punkti 2019-yilning yanvariga qadar sinovdan o‘tkaziladi. Ilmiy-tadqiqot ishi 395 million rubl (taxminan 7 million dollar)ga baholangan.

Qayd etishlaricha, mazkur dronning maksimal og‘irligi 300 kilogrammni, parvoz davomiyligi 6 soatni, harakat radiusi 150 kilometrni, tezligi esa soatiga 180 kilometrni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют