» » Video: Chinozlik Ahmadboyning suddagi so‘nggi so‘zi

Video: Chinozlik Ahmadboyning suddagi so‘nggi so‘zi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida 16-fevral kuni O‘zbekiston tarixidagi eng mashhur moliyaviy piramidani qurgan chinozlik Ahmadboy (Ahmadjon Tursunboyev) va uning sheriklariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Ahmadboyga so‘nggi so‘z aytish uchun imkon berildi.

Muhtaram sudya, o‘rtoq prokuror, men fuqarolarni aldamaganman. Odamlar o‘z xohishi bilan pullarni olib kelgan. Men dehqonchilik, chorva bilan, qassobchilik bilan shug‘ullanganman. Shu vaqtgacha hech qachon fuqarolarni aldamaganman. O‘z pullarini o‘zlari olib kelgan. Men hech qachon xalqni aldamaganman. Birovning haqini yemaganman. Shu yoshimgacha biror insonni aldamaganman. Lekin, qilgan ishimdan pushaymonman.

Maqsadim — 20 ming qoramol bo‘ladigan ferma qurayotgandim. 1 milliard tovuqqa joy qilayotgandim. 100 ming bosh qo‘yga joy qurayotgandim. Mening maqsadim ishlash edi. 2 ming gektar joyda baliqchilik qilmoqchi edim. Mening maqsadim fuqarolar bilan ishlash edi. Maqsadim aldash bo‘lmagan. Shu vaqtgacha hech qachon odamlarni aldamaganman. Agar shu vaqtgacha odamlarni aldaganimda, ular meni tinch qo‘ymagan bo‘lardi. Men hech qachon birovning haqini yemaganman. Lekin qilgan ishimdan pushaymonman.

Muhtaram sudya, qilgan ishimdan afsusdaman. Prezidentimiz Shavkat Miromonovichdan kechirim so‘rayman. Xalqdan kechirim so‘rayman. Rahbariyat xodimlaridan kechirim so‘rayman. Sud xodimlaridan kechirim so‘rayman. O‘rtoq prokuror, ming bor uzr so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman.

Lekin fuqarolarni aldamaganman. Maqsadim — ishlash edi. Men birovlarni aldab, mol-mulkini olmaganman.

Chinozlik Ahmadboyning suddagi so‘nggi so‘zi

Ma’lumot uchun, Ahmadboyga qarshi Jinoyat kodeksining to‘rt moddasi bo‘yicha ayblovlar ilgari surilgan edi: 177-moddaning (valyuta qimmatliklarining noqonuniy xarid qilinishi yoki sotilishi) “a”, “b” bandlari, 188-modda (Davlat ro‘yxatidan o‘tmay tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘ta yirik miqdorda nazoratsiz daromad olish), 189-modda (Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddaning (Litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) “a”, “v” bandlari.

Ahmadboyga nisbatan sud hukmi 19-fevral kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют