» » Super Liganing “Buxoro” futbol klubi Serbiya milliy termasi safida maydonga tushgan futbolchi bilan bitim tuzdi

Super Liganing “Buxoro” futbol klubi Serbiya milliy termasi safida maydonga tushgan futbolchi bilan bitim tuzdi


O‘zbekiston Super Ligasida ishtirok etadigan “Buxoro” futbol klubi serbiyalik Marko Klisurani o‘z safiga qo‘shib oldi. Jamoa matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Klisura bilan 1 yillik kelishuvga erishilgan.

1992-yilda tavallud topgan futbolchi bir yil avvval Serbiya milliy terma jamoasida debyut qilgandi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. U 2017-yilning 29-yanvar kuni Serbiyaning AQShga qarshi o‘yinida maydonga tushgan. Mazkur bellashuv hozircha Klisura uchun termadagi yagona ishtirok bo‘lib turibdi.

Marko Klisura o‘z vaqtida “Sloga Temerin”, “Palich”, “Mladenovats”, “Sement Beochin”, “CSK Chelarevo”, “Novi Pazar”, “Spartak Subotitsa”, “Bachka Bachka Palanka” klublarida o‘ynagan. U himoya chizig‘i vakili hisoblanadi.

Serbiya terma jamoasi JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritgan. Jamoani shungacha olib kelgan Slovolyub Muslin esa allaqachon iste’fo berib ulgurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют