» » Florida gubernatori FQB direktori iste’fosini talab qildi

Florida gubernatori FQB direktori iste’fosini talab qildi


Florida shtati gubernatori Rik Skott Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Kristofer Rey iste’fosini talab qildi.  Bu haqda gubernatorning matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

FQB xodimlari oldinroq Parklend shahridagi maktabda 17 kishining umriga zomin bo‘lgan Nikolas Kruz jamiyat uchun xavfli ekanligi haqidagi ogohlantirishga e’tibor bermaganini tan olgandi.

Ma’lum bo‘lishicha,  joriy yil 5-yanvarida byuroga noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qiladi va Kruz ijtimoiy tarmoqlarda kishini  xavotirga soluvchi yozuvlar qoldirayotgani, maktabda otishma uyushtirishi mumkinligi haqida xabar beradi.

“Qotilga qarshi FQB chora ko‘rishni uddalay olmaganiga chidab bo‘lmaydi. Xatoning tan olingani muammoning yechimi emas. FQB direktori iste’fo berishi lozim”, — dedi gubernator.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют