» » Fransiyada 1,3 mln yevroga baholangan violonchel o‘g‘irlab ketildi

Fransiyada 1,3 mln yevroga baholangan violonchel o‘g‘irlab ketildi


Fransiyalik sozanda Ofeliya Gayyar 15-fevral, payshanba kuni Parij yaqinida violoncheli tortib olinganidan arz qilib, politsiyaga murojaat qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Gayyarning so‘zlariga ko‘ra, talonchi unga pichoq bilan tahdid qilgan. Shuningdek, 1825-yilda ishlangan kamoncha va mobil telefonini ham tortib olgan.

Xabar berishlaricha, o‘g‘irlangan Violonchel XVIII asrda italiyalik usta Franchesko Goffriller tomonidan yaratilgan. Uning qiymati 1,3 million yevroga baholangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Gayyar ushbu musiqa asbobini xarid qilish uchun bankdan kredit olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют