» » Shavkat Mirziyoyev Litva davlati qayta tiklangan kun munosabati bilan Dalya Gribauskaytega tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Litva davlati qayta tiklangan kun munosabati bilan Dalya Gribauskaytega tabrik yo‘lladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Litva prezidenti Dalya Gribauskaytega Litva davlati qayta tiklangan kun munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Litvada 1990-yildan beri har yili 16-fevral kuni milliy bayram — Litva davlati qayta tiklangan kun sifatida keng nishonlanadi. 1918-yil 16-fevral kuni 20 delegatdan iborat Litva Kengashi Mustaqillik haqidagi bayonnomani qabul qilgan — bu hujjat bilan mustaqil Litva davlati qayta tiklangani e’lon qilingan.

1990-yil 11-martida shu vaqtgacha SSSR tarkibida bo‘lgan Litvaning parlamenti — Oliy Kengash 1918-yil 16-fevraldagi bayonnomaga asoslanib, mustaqil Litva davlatini qayta tiklash haqida qaror qabul qilgan. Shunday qilib, Litva SSSR tarkibidan ajralib, o‘z mustaqilligini e’lon qilgan ilk respublikaga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют