» » O‘zbekistondan Rossiya shaharlariga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi (video)

O‘zbekistondan Rossiya shaharlariga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida hududda yo‘lovchi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalari bilan ham tanishdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24”ning “Axborot 24” dasturida ma’lum qilindi.

Avtomobil va daryo transporti agentligi rahbari Davron Dehqonovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda agentlik tomonidan ikkita yirik loyiha amalga oshirilayotgan bo‘lib, ularning birinchisi xalqaro avtobus yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishdir.

“Axborot 24”da e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018—2019-yillarda 18 ta xalqaro avtobus yo‘nalishlari ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning to‘rttasi Buxorodan bo‘ladi. Davron Dehqonovning aniqlik kiritishicha, Buxorodan avtobuslar Rossiyaning Ufa, Rostov-Don, Sankt-Peterburg, Moskva shaharlariga qatnaydi.

Umuman, mazkur loyiha uchun ikki yilda 200 ta katta sig‘imli avtobuslarni sotib olish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning 50 tasi Buxoro viloyatiga ajratiladi. Shunda bir yilda Buxorodan salkam 97 ming, butun respublika bo‘yicha esa qariyb 450 ming yo‘lovchi O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga yetkazib qo‘yiladi.

Mazkur loyiha uchun 205 milliard so‘m sarflanishi rejalashtirilgan bo‘lib, hisob-kitoblarga ko‘ra, u 4,5 yilda o‘zini qoplaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют