» » O‘zbekistonda boshlang‘ich sinflarni 5 kunlik o‘quv haftasiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda boshlang‘ich sinflarni 5 kunlik o‘quv haftasiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda 1-martdan boshlab tizimli ravishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinflarini haftalik o‘quv davomiyligi 5 kun bo‘lgan o‘qish jarayoniga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda, o‘z manbalariga asoslanib, “Kun.uz” va “Xabar.uz” nashrlari xabar bermoqda.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashidagi manbaning bildirishicha, Vazirlar Mahkamasining 9-fevraldagi 11-sonli yig‘ilishi bayoni bilan shunday o‘zgarish joriy etilmoqda.

Bu yil 1-martdan 1-sinf o‘quvchilari besh kunlik o‘qish tartibiga o‘tkazilsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab 5-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar ham bu jarayonga jalb etiladi.

Xabar berishlaricha, besh kunlik o‘qish jarayoniga o‘tilishi munosabati bilan ota-onalar va keng jamoatchilik o‘rtasida bu borada targ‘ibot tadbirlari amalga oshiriladi.

“Targ‘ibot tadbirlari davomida asosan ota-onalarning farzandlari bilan oilaviy dam olishlariga, oilani jipslashtirish, ota-onalar va farzandlar o‘rtasida mehr-oqibatni rivojlantirish hamda chin ma’nodagi oilaviy an’analarni vujudga keltirish, madaniy tarixiy obidalarga birga sayohat uyushtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют