» » Meksikada bortida IIV rahbari va shtat gubernatori bo‘lgan vertolyot quladi, 13 kishi halok bo‘ldi

Meksikada bortida IIV rahbari va shtat gubernatori bo‘lgan vertolyot quladi, 13 kishi halok bo‘ldi


Meksikada bortida mamlakat ichki ishlar vaziri va Oaxaka shtati gubernatori bo‘lgan vertolyot quladi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, hodisa oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan.

“Hodisa joyidan 12 qurbonning jasadlari topildi. Yana bir kishi shifoxonada vafot etdi”, — deya bayonot berdi Meksika Bosh prokuraturasi. Yana 15 kishi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Ichki ishlar vaziri Alfonso Navarrete ham, gubernator Alexandro Murat ham omon qolgan. Ular 17-fevral kuni yuz bergan zilziladan so‘ng hududlarni ko‘zdan kechirish uchun havoga ko‘tarilgan edi.

Qayd etishlaricha, vertolyot taxminan 30 metr balandlikda boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil ustiga qulagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют