» » Meizu 15 Plus’ning yangi tasvirlari tarqaldi (foto)

Meizu 15 Plus’ning yangi tasvirlari tarqaldi (foto)


Bu yil Meizu kompaniyasi o‘zining 15 yilligini nishonlaydi. Shu munosabat bilan u yangi Meizu 15 va 15 Plus flagmanlari lineykasini chiqarishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Kompaniya ular haqdagi ma’lumotlarni maxfiy saqlamoqda, biroq dizayn allaqachon fosh etildi.

Meizu 15 Plus’ning orqa paneli shishadan yasaladi, korpus esa metalldan. Smartfonning romlari juda ingichka, ayniqsa, yon tomonlarida va pastida. Tepa qismida rom enliroq, chunki unda dinamik, old kamera va datchiklar bor.

Kichik romlar tufayli kompaniya ko‘p funksiyali mTouch tugmasidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Endi uning o‘rniga displeyning pastki qismida mBack dasturiy tugmasi bor: u ishoralar bilan ishlaydi va bosim kuchini aniqlaydi. Barmoq izi skaneri esa Meizu 15 ning o‘ng yonida bo‘ladi.

Meizu 15 martda — kompaniyaga asos solinganiga roppa-rosa 15 yil bo‘lgan kuni taqdim etilishi kutilmoqda. “Kichik” model 3399 yuan (535 dollar) turishi taxmin etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют