» » O‘zbekistonda bog‘chalar binosini prezident qarorisiz boshqa tashkilotlarga berish taqiqlandi

O‘zbekistonda bog‘chalar binosini prezident qarorisiz boshqa tashkilotlarga berish taqiqlandi


O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat ta’lim muassasalarining, xususan, maktabgacha ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining mol-mulki, bino va inshootlari hamda yer maydonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarisiz tashkilotlarga berish yoki ta’lim jarayoniga tegishli bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish qat’iyan man etildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda ta’lim muassasalarining mol-mulki, bino va inshootlari hamda yer maydonlaridan samarali foydalanishni tartibga solish maqsadida:

1. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga:

bir oy muddatda qonun hujjatlariga zid ravishda hududlardagi davlat ta’lim muassasalari, xususan maktabgacha ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari mol-mulklari, bino va inshootlari hamda yer maydonlarida joylashtirilgan tashkilotlarni (ijara shartnomasi asosida faoliyat ko‘rsatayotganlar bundan mustasno) davlat ta’lim muassasalaridan boshqa manzillarga o‘tkazish hamda joylashtirish jarayonida yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash choralarini ko‘rish;

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-sentabrdagi 999-f-son farmoyishi asosida o‘tkazilgan xatlov yakunlari bo‘yicha belgilangan moddiy javobgar shaxslar javobgarligiga berilgan mol-mulkning but saqlanishi va to‘liqligi nazorat qilinishini ta’minlash;

maktabgacha ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining mol-mulkini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga zid ravishda berib yuborgan yoki maktabgacha ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer maydonlariga turli tashkilotlar joylashib olishiga yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga nisbatan choralar ko‘rish topshirildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi 15 kun muddatda maktabgacha ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari mol-mulkining butligi, ularning bino va inshootlaridan maqsadli foydalanilayotganligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi.

3. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Q.V.Akmalov, O‘zbekistan Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V.Shin zimmasiga yuklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют